Toshkentda 63 yoshli ayolga tegajog‘lik qilgan yigitga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
3-sahifa
−
29 Oktabr 2021
18428Ijtimoiy tarmoqlarda yosh yigit pensiyadagi 63 ayolga tegajoqlik qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 11 sentyabr kuni yuz bergan. Gumonlanuvchi 2001 yilda tug‘ilgan A.Z. ismli yigit bo‘lgan.
Ayni vaqtda voqea yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan gumonlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (“Bezorilik”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Xabarga ko‘ra, tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.
LiveBarchasi