Toshkentda 6 yoshli qizchaga tegajog‘lik qilgan erkak 10 yilga “kesildi”

3-sahifa

image

Toshkentda 47 yoshli erkak 6 yoshli qizchaga nisbatan zo‘ravonlik sodir etmoqchi bo‘lgani uchun 10 yil qamoq jazosini oldi. Bu haqda Toshkent shahar sudi matbuot kotibi Sadoqat Allaberganova QALAMPIR.UZ'ga xabar qildi.

Mazkur voqea 2022 yilning yozgi ta’til payti sodir bo‘lgan. 47 yoshli erkak yosh qizchani aldov yo‘li bilan pod’ezdga chaqirib, qizchani yechintirib unga tegajog‘lik qilgan. 

Qizcha bo‘lgan voqea haqida onasiga aytib bergan. Onasi esa huquqni himoya qilish organlariga murojaat qilgan. Tergov payti erkak bir necha bor ko‘rsatmalarini o‘zgartirgan. Psixologik ekspertiza qizcha rost gapirayotganini tasdiqlagan.

2022 yil 22 dekabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yunusobod tuman sudi R.Sh.ni Jinoyat kodeksining 25, 119-moddalari (Jinsiy ehtiyojlarni g‘ayritabiiy shaklda majburan qondirish) bilan jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topgan. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 25-moddasi 4-qismi, 119-qismi asosida ushbu kodeksning 57-moddasini qo‘llagan holda 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi. Jazoni o‘tash umumiy rejimdagi koloniyalarda belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing