Toshkentda 500 dan ortiq xonadon chiroqsiz qoldi
3-sahifa
−
28 Oktabr
5100Toshkent shahrida qurilish tashkiloti elektr tarmog‘ini uzib yuborishi oqibatida 500 dan oshiq xonadon chiroqsiz qoldi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, kecha, 27 oktyabr kuni soat 10:20 da “M.M.P.”MCHJga qarashli qurilish tashkiloti Yakkasaroy tumanidagi yerosti gaz quvurini elektr va gaz ta’minoti tashkilotlari hamda “O‘zenergoinspeksiya” bilan kelishmasdan ko‘chirish ishlarini olib borayotgan vaqtida elektr uzatish kabel tarmog‘iga shikast yetkazgan.
Oqibatda tumanning Boshliq mavzesi va Bobur mahallasida 530 ta iste’molchilar elektr ta’minotidan uzilgan.
Yuzaga kelgan ushbu nosozlik bir necha soatlardan so‘ng bartaraf etilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti qayta tiklangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatida avtomobil gaz quvuriga urilishi oqibatida 3950 aholi gazsiz qolgandi. Tungi soat 01:30 da viloyatning Denov tumanidagi “Olovuddin” mahallasida Nexia-3 avtomashinasi yuqori bosimli gaz quvuriga urilishi oqibatida avariya sodir bo‘lgan. Oqibatda Denov tumanidagi 3950 aholi va 20 ta ulgurji iste’molchida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatilgan.