Toshkentda 50 kishining Umra pulini “uxlatgan” shaxslar ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkentda tadbirkorlarga aviachipta band qilishda yordam berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida fuqaro J.R. va boshqalar “I.T.” va “T.A.” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbarlarining ishonchiga kirib, ushbu MCHJlar tomonidan 50 nafar fuqaroni Umra safariga yuborishni va’da qilgan.

Ular “Toshkent-Quvayt-Madina” yo‘nalishi bo‘yicha aviachiptalarni band qilishga yordam berish evaziga oldindan to‘lov sifatida jami 10 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

firibgarlik Umra aviachipta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing