Toshkentda 5 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahri Sergeli tumani Fayzli Toshkent ko‘chasida 5 ta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, 2023 yil 19 mart kuni soat 22:40 larda Sergeli tumanida YTH ro‘y bergan. Unda Lacetti, Labo, Malibu, Nexia 3 va Captiva avtomashinalari to‘qnashib ketgan. Oqibatda Lacetti va Labo avtomashinasi haydovchi va yo‘lovchilari tan jarohati olgan. Ular shifoxonaga olib borilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing