Toshkentda 44 va 49 yoshli erkaklar koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat

image

Bugun, 21 avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 132 nafarga oshib, 37 825 nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlari:

•  102 nafari Toshkent shahrida;

•  13 nafari Samarqand viloyatida;

•  8 nafari Qashqadaryo viloyatida;

•  6 nafari Toshkent viloyatida;

•  3 nafari Navoiy viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Shayxontohur tumanida yashagan 49 yoshli X.A. (erkak) hamda 44 yoshli R.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda O‘zbekistonda 33 442 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (88 foiz) sog‘aygan.

Hozirda mamlakatda 4 127 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 255 nafari og‘ir, 66 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

156

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing