Toshkentda 42 yoshli erkak o‘zini 9-qavatdan tashladi

3-sahifa

image

Bugun, 21 aprel kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi Xalqaro hamkorlik markazi binosida faoliyat yuritib kelgan 42 yoshli erkak o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

“21 aprel kuni soat taxminan 11:50 da Yunusobod tumanida joylashgan Xalqaro hamkorlik markazi binosining 9-qavatidagi chekish uchun mo‘ljallangan ochiq qismidan 42 yoshli erkak o‘zini pastga tashlab, o‘z joniga qasd qilgan”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozirda holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

902

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing