Toshkentda 42 million so‘mlik saryog‘ni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxs ushlandi
Jamiyat
−
16 dekabr 2022
6945Toshkent shahrida 42 million so‘mlik saryog‘ni o‘g‘irlab ketishda gumonlangan shaxs ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15 oktyabridan 30 noyabrigacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Chilonzor tumandagi do‘konlarning biridan jami 42 million 320 ming so‘mlik saryog‘ noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.
Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan hamda do‘konga xaridor sifatida kelib yurgan 33 yoshli Yashnar Yu. aniqlanib, qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi