Toshkentda 4 ta mashina o‘rtasida katta avariya bo‘ldi (video)

3-sahifa

image

Toshkent shahrining Olmazor tumanida to‘rt mashina o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 25 yanvar kuni soat 10:40 da tumanning Ahmad Donish ko‘chasida Malibu-1, Nexia-3, Onix va Damas rusumli transport vositalari to‘qnashuvi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida Nexia-3 avtomashinasining haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchilariga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 24 yanvar kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida Nexia-2, Nexia-3 hamda BYD mashinalari o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent avariya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing