Toshkentda 4 ta mashina ishtirokidagi YTHda haydovchilardan biri jarohat oldi

3-sahifa

image

Joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida haydovchilardan biri jarohatlandi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 23:20 larda tumanning Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishgan chorrahasida 1994 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi Cobalt, 2001 yilda tug‘ilgan Sh.S. boshqaruvidagi Onix, 2001 yilda tug‘ilgan Z.Sh. boshqaruvidagi Cobalt hamda 1979 yilda tug‘ilgan K.B. boshqaruvidagi Cobalt mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. Ro‘y bergan YTH oqibatida Onix haydovchisiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda 2024 yilda 9364 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilishi oqibatida 2203 nafar inson halok bo‘lgani va 8901 nafar inson tan jarohati olgani xabar qilingandi. O‘tkazilgan o‘rganishlar tahlili yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun amaldagi qonun hujjatlarida ta’sir ko‘rsatuvchi omillar mavjud emasligini va bu bilan jazo muqarrarligining yetishmasligi yo‘l-transport hodisalari ko‘payishining asosiy sabablaridan biri bo‘lib qolayotganini ko‘rsatmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent Mirzo Ulug'bek Cobalt Onix

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing