Toshkentda 4 ta ko‘chada transport harakati vaqtincha cheklanadi

Jamiyat 8462
image
-

Bugun, 31 avgust kuni Toshkent shahrining to‘rtta ko‘chasida avtomobil harakati vaqtinchalik cheklanadi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, bugun,  31 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu sababli poytaxtning Yangi O‘zbekiston, Mahtumkuli, Tabarruk va Cho‘lpon ko‘chalarida soat 18:00 dan 24:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.

“Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilamiz”, deyiladi xabarda.

Diyora Abdurahmonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 253
Reyting: 3.1
t
×