Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH bo‘ldi
3-sahifa
−
27 avgust 7512 1 daqiqa
Kecha, 26 avgust kuni Toshkent shahar Yakkasaroy tumanida 4 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 14:30 larda Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasida Zeekr, Matiz, Vaz-2105 va Nexia-2 rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. YTH oqibatida Zeekr avtomashinasi haydovchsiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Bildirilishicha, holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida yuk avtomobili yo‘l chetida turgan Cobalt’ga borib urulishi ortidan yonib ketgandi. Hodisa oqibatida Cobalt avtomobilida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.