Toshkent viloyatida avariyaga uchragan yuk mashinasi yonib ketdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida yuk avtomobili yo‘l chetida turgan Cobalt’ga borib urulishi oqibatida yonib ketdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsiligi boshqarmasi xabar berdi. 

YTH bugun, 23 avgust kuni soat tahminan 07:00 larda sodir bo‘lgan. Yuqori Chirchiq tumani hududidan o‘tgan A373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 4-kilometrida Howo rusumli maxsus jixozlangan sement tashuvchi yuk avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida to‘htab turgan Cobalt avtomobiliga borib urilgan. Shundan so‘ng, Cobalt ag‘darilib ketgan. 

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida maxsus jixozlangan sement tashuvchi yuk avtomobilida yong‘in kelib chiqqan. Shuningdek, yo‘l chetida harakatsiz turgan Cobalt avtomobilida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Yangihayot tumanida birvarakayiga 10 ta mashina o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Cobalt Yuqori Chirchiq Howo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing