Toshkentda 38 yoshli ayol metro poyezdi yo‘liga yotib oldi

Jamiyat

image

Kecha, 28 dekabr kuni Toshkent metropolitenining “Alisher Navoiy” bekatida 38 yoshli ayol poyezd yaqinlashgan payt metro yo‘liga yotib oldi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisa bo‘yicha bir qator videolar tarqaldi.

“Toshkent metropoliteni” axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu voqea kecha, 28 dekabr kuni soat 21:23 da sodir bo‘lgan. 1982 yilda tug‘ilgan fuqaro B.I. o‘zini ataylab yaqinlashib kelayotgan poyezd ostiga tashlash maqsadida poyezd yo‘liga yotib olgan. Metropoliten xodimlari va metro xavfsizlik bo‘limining tezkor harakatlari natijasida baxtsiz hodisaning oldi olingan. 

Fuqaro B.I. jiddiy jarohatlarsiz platformaga olib chiqilgan. Ma’lum bo‘lishicha, qoidabuzar B.I. depressiya holatida bo‘lgani va o‘zining nojo‘ya harakatlarini kuchli ehtiros holatida sodir etgani aniqlangan. 

Ushbu holat bo‘yicha tergov ishlari olib borilayotgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1415

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing