Toshkentda 37 yoshli jurnalist vafot etdi

3-sahifa

image

Joriy yilning 8 mart kuni 37 yoshli jurnalist Akmal Toshev vafot etdi. Holat yuzasidan Bektemir tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, A.Toshevning o‘limi “Yurak tamponadasi, o‘pka arteriyasi anevrizmasining yorilishi, yurak tug‘ma nuqsoni, yurak bo‘lmachalari defekti”dan kelib chiqqan.

Shamsutdinovga ko‘ra, tekshirish ishlari davom etmoqda.

Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Toshev yo‘lda kelayotgan vaqtda yuragi xuruj qilgan va tez yordam mashinasi kelguniga qadar vafot etgan.

Ma’lumot uchun, Akmal Toshev 1985 yil 6 aprelda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Oqtosh qishlog‘ida tug‘ilgan.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti bakalavriat va magistratura yo‘nalishlarini tamomlagan.

“Inson va qonun” gazetasi hamda “Huquq va burch” jurnali qo‘shma tahririyatida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik jurnalist, “Byulleten kinoprokatchika” jurnali bosh muharriri Aleksandr Nechayev Toshkentdagi kvartiralardan birida o‘lik holda topilgandi. Sud-tibbiyot ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, uning o‘limi “surunkali yurak-o‘pka yetishmovchiligi, yurakning surunkali ishemik kasalligi”dan kelib chiqqan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing