Toshkentda 37 marta “shtraf”ga tushib, ularni to‘lamay yurgan haydovchi aniqlandi
3-sahifa
−
07 noyabr 2020
11330Toshkent viloyatida 37 marotaba qoidabuzarlik sodir etib, jarimalarni vaqtida to‘lamagan haydovchi aniqlandi. Bu haqda IIBB Axborot xizmati xabar beradi.
Ma’lum bo‘lishicha, Yangiyo‘l tumanida Spark avtomobili YHQni buzganligi uchun YPX inspektori tomonidan to‘xtatilib, elektron ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Bu jarayonda avtoulov joriy yil davomida 37 marotaba qoidabuzarlik sodir etib, belgilangan jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamaganligi aniqlangan. Avtoulov qarzdorlik undirilgunga qadar jarima maydoniga vaqtinchalik joylashtirildi.
Jinoyat Kodeksining 291-moddasiga ko‘ra, yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarima solish haqida qaror chiqarilgan kundan e’tiboran haydovchi oltmish kun ichida jarima to‘lamagan taqdirda, bu masalada vakolatli organ rahbarining yozma ko‘rsatmasiga binoan, ish yuritish yakuniga yetgunga qadar avtoulov ushlab turilishi kerak.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi