Toshkentda 36 yoshli ayol poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi
3-sahifa
−
10 Sentabr
4474Toshkent shahrida uch farzandning onasi bo‘lgan ayol poyezd urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Bildirilishicha, joriy yilning 23 avgust kuni soat 02:00 larda Salar-Nurhayot temiryo‘l bekatlari oralig‘ida bir kishini poyezd urib ketgani aniqlangan. Voqea joyiga tez yordam va ichki ishlar xodimlari yetib kelgan, 1988 yilda tug‘ilgan ayolga birinchi yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgan.
Ayol shifoxonada jarrohlik amaliyotiga olingan. U bir necha kun davomida davolanishiga qaramay vafot etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, uning uch nafar farzandi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi temiryo‘l hududida 10 yoshli bolani poyezd urib yuborgandi.
LiveBarchasi