Davron Kabulovning otasiga sud hukmi o‘qildi
3-sahifa
−
02 Oktabr
175175Boshlovchi Davron Kabulovning otasi Ravshan Kabulovga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2023 yil dekabr oyida ishchi guruh tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Ravshan Kabulov rahbarlik qilayotgan Yakkasaroy tumanida joylashgan mehmonxonaning 4 ta isitish qozonini 2022 yil 24 fevraldan 2023 yil 18 oktyabrga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida, umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab olib, tuman gaz ta’minoti idorasi bilan shartnoma tuzmay, gaz hisoblagichni gaz idorasidan ro‘yxatdan o‘tkazmasdan va alohida hisob-raqam ochmasdan, gaz hisoblagichga o‘rnatilgan tamg‘ani gazdan noqonuniy foydalanish maqsadida tashqi ta’sir aralashuvida uzishga erishib, jami 907.558 kub metr miqdoridagi 344 mln 872 ming so‘mlik tabiiy gazdan yashirin ravishda foydalanib kelib, juda ko‘p miqdordagi tabiiy gazni yashirin ravishda talon-toroj qilgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan Yakkasaroy tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilib, 2023 yil 22 dekabr kuni Ravshan Kabulovga Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) 4-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilingan va jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga mazmunan ko‘rib chiqishlik uchun yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining 2024 yil 27 mart kungi hukmiga ko‘ra, Ravshan Kabulov Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan aybli deb topilib, unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan va Jinoyat kodeksining 72-moddasi qo‘llanilib, shartli ravishda 1 yil sinov muddati belgilangan.
Jinoyat ishi doirasida aniqlangan 344 mln 872 ming so‘mlik moddiy zarar “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali foydasiga undirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan edi.