Toshkentda 34 ta avtobus yo‘lakchalari tashkil etiladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida 475 kmga yaqin 34 ta alohida avtobus yo‘lakchalari tashkil etiladi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l-harakati xavfsizligi boshqarma boshlig‘i Fazliddin Toshkenboyev ma’lum qildi.

Toshkenboyevning ta’kidlashicha, birinchi navbatda Alisher Navoiy, Beruniy, Amir Temur va Farg‘ona yo‘li singari markaziy ko‘chalar bo‘ylab avtobus yo‘lachasi tashkil qilinadi. Qolgan ko‘chalarni qamrab olish uchun esa 1−2 oy talab etiladi. Sababi yo‘lakchalarni bo‘yashda ob-havo sharoiti ham hisobga olinadi.

Qayd etilshicha, yo‘lakchalardan avtobuslardan tashqari faqatgina tez yordam, yong‘in xavfsizligi va IIV avtomobillari harakatlanishi mumkin. Qolgan avtotransport vositalariga esa harakatlanish taqiqlanadi va bu tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

“Ammo har qanday avtomobilga ma’lum sababga ko‘ra, masalan, yo‘l yoqasidagi ob’ektlarga yoki ko‘chaga kirish uchun ushbu yo‘lakdan foydalanishga ruxsat etiladi”, deydi Fazliddin Toshkenboyev.

Yo‘lning o‘ng tomonidagi ko‘chalar yoki ob’ektlarga kirish uchun yo‘lakchalarda uzuq chiziqlar mavjud bo‘lib, taxminan 40−50 metr masofa belgilanadi. Ko‘cha yoki ob’ekt boshlangan joyda ushbu uzuq chiziqlarning ta’sir doirasi tugaydi va avtomobillar avtobuslar uchun mo‘ljallangan yo‘lakchani bo‘shatib qo‘yishlari talab etiladi.

YHXX alohida ajratilgan tasmalarda harakatlanish yoki to‘xtash tartibi bo‘yicha videoyo‘riqnoma ishlab chiqqan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida jamoat transporti bilan bog‘liq vaziyatga e’tibor qaratib, Navro‘z bayramigacha respublikaga 2000 ta avtobus olib kelinishini aytgan (shuning yarmi Toshkent shahri uchun), bu orqali 300 ta mahalladagi 1 million aholining uzog‘i yaqin bo‘lishini ta’kidlagandi.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing