Toshkentda 31 ming yo‘l belgisining “srogi o‘tgan”. Ularni almashtirishga kim mas’ul?

Jamiyat

image

2021 yil Toshkent shahrida 45 ta svetofor o‘rnatilishi kerak edi, lekin hozirgacha ularning 16 tasi o‘rnatilgan xolos. Bu haqda Toshkent shahar YHXB boshlig‘i o‘rinbosari Aziz Sadirov ma’lum qildi. 

“Toshkent shahrida har yili shahar hokimiyati bilan kelishgan holda dastur tasdiqlatamiz, bu yil 45 ta svetofor qo‘yilishi reja qilingandi, hozir 16 tasi o‘rnatilgan. 2020 yilda tasdiqlangan dastur asosida, yo‘l belgi, yo‘l chizig‘i va svetoforlar uchun 49 mlrd pul ajratilishi kerak edi, lekin 12 mlrd so‘m pul ajratilgan. 2021 yilda ham ajratilishi kerak bo‘lgan mablag‘ 45 mlrd so‘m edi lekin, 12 mlrd ga yaqin pul ajratilgan”, deydi Toshkent shahar YHXB boshlig‘i o‘rinbosari.

Ma’lum qilinishicha, 2017 yilda eski namunadagi yo‘l belgilarini yangi nur qaytargich yo‘l belgilariga almashtirish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Lekin haligacha 45 ming dona yo‘l belgisidan 31 ming donasi almashtirilmagan. 2019 yilda yangi yo‘l belgilari o‘rnatish, eski turdagi yo‘l belgilarini zamonaviy nur qaytaruvchi yo‘l belgilariga almashtirish va yo‘qolgan yo‘l belgilarini qaytarish bo‘yicha 763 ta topshiriq, 1300 ta yozma ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, deyarli 50 foiz ish umuman bajarilmagan. Aprel-oktyabr oylarida 69 foiz zarur yo‘l belgilari almashtirilmagan bo‘lsa, 49 foizi qayta tiklanmagan. Hozirda Toshkent shahrida 45 926 ta yo‘l belgisi mavjud.

“Yo‘llarda harakat tashkil etish markazi tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu tashkilot 1972 yilda tashkil topgan. 2018 yilda Rossiyaga borib malaka oshirish davomida aynan yo‘l va yo‘l belgilari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot bilan tanishdim. Birgina korxonada 1000 dan ortiq xodim faoliyat olib boradi. U yerda ko‘rganlarimiz asosida kelib takliflar berdik. 2019 yilda bu tashkilot nomi “Yo‘llarda harakatni tashkil etish markazi” deb o‘zgartirildi. Lekin uning strukturasi o‘zgarmadi. 1972 yilda qanday tashkil topgan bo‘lsa, shundayligicha faoliyat olib boryapti, umuman talabga javob bermaydi”, deydi Aziz Sadigov.

Poytaxt YHXB boshlig‘i o‘rinbosarining ta’kidlashicha, “Yo‘llarda harakatni tashkil etish markazi”ni strukturaviy ravishda tizimli qayta ko‘rib chiqish lozim. Chunki faqat ishchi guruhlargina zamonaviy talabga javob beradi, xolos.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

40

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing