Toshkentda 31 kishiga arzon uy olib berishni va’da qilgan firibgar ushlandi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahrida 31 nafar fuqaroga imtiyozli shartlar asosida xonadon olib berishni va’da qilib, 25 ming AQSH dollari, shuningdek, 291 million so‘mni o‘zlashtirgan MCHJ rahbari hamda uning jinoiy sheriklari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahri Chilonzor tumanida “B” MCHJ rahbari U.G., yordamchisi R.D. va boshqalar 31 nafar fuqaroning 25 ming AQSH dollari hamda 291 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Aniqlanishicha, firibgarlar turli xil tadbirlar o‘tkazish yo‘li bilan fuqarolarning ishonchiga kirib, guyoki ular rahbarlik qilayotgan MCHJ orqali ko‘p qavatli turar-joyni qurishda ishtirok etayotgani to‘g‘risida “fiktiv” shartnomalar tuzgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

171

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing