Toshkentda 3 yigit qoidabuzarligini aniqlagani uchun radarni “jazoladi”

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida yo‘l chetidagi radarga tosh otgan uch fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 aprel kuni Yakkasaroy tumani Kichik Beshyog‘och va Bobur ko‘chalari kesishmasida Toshkent shahar IIBB xodimlari Spark avtomobilida tezlik tartibini avtomatlashtiriligan tarzda qayd etuvchi moslama o‘rnatilgan ustun oldiga kelib to‘xtagan yigitlarning radarga tosh otayotganini ko‘rib qolgan. 

Tez orada mazkur fuqarolar avtomobillari bilan Yakkasaroy tumani IIO FMBga yetkazilgan. Huquqbuzarlar 22 yoshli J.M. (yuqoridagi avtomobil haydovchisi), 23 yoshli Sh.M. va 23 yoshli A.Sh. ekani ma’lum bo‘lgan.

Suhbat davomida aniqlanishicha, hodisadan bir oz avvalroq J.M. tomonidan joriy yil 17 aprel kuni sodir etilgan qoidabuzarlik sababli avtomobil egasiga tezlik tartibi buzilgani uchun 1 million 225 ming so‘mlik jarima kelgani ma’lum bo‘lgan. Qilmishi uchun tegishli mas’uliyatni bo‘yniga olmagan fuqaro o‘rtoqlari bilan birga radardan “alamini olishga” qaror qilgan.

Mazkur fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi (“Mayda bezorilik”) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi. Jazo to‘g‘risidagi hukm sud tomonidan chiqariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

371

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing