Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Bugun, 12 dekabr kuni Toshkent shahrida 3 ta avtomobil ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu hodisa soat 12:00 da Olmazor tumani “Farobiy” ko‘chasida sodir bo‘lgan. Yo‘l transport hodisasi 3 ta mashina, ya’ni Cobalt, Spark, va Captiva ishtirokida bo‘lgan.

Mazkur yo‘l transport hodisasi oqibatida Spark rusumli transport vositasi yo‘lovchisi M.R. tan jarohati olgan. 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida piyodalar o‘tish yo‘lagida Cobalt 13 yoshli qizni urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

61

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing