Toshkentda 3 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent shahrida uchta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Kecha, 19 yanvar kuni soat 18:00 da Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko‘chasida Malibu, Spark hamda Nexia 3 avtomashinalari ishtirokida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Oqibatda Spark va Malibu avtomobillari haydovchilari tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jizzaxda 8 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Yakkasaroy tumani

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing