Toshkentda 3 ta avtomobil ishtirokida YTH bo‘ldi

3-sahifa

image

Kecha, 11 aprel kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida Bestune, Cobalt va Damas rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Hodisa soat 21:50 larda Yangihayot tumani Qo‘rg‘ontepa 1-tor  ko‘chasida  sodir bo‘lgan.

YTH oqibatida 3 nafar haydovchiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilgan va ular shifoxonaga olib ketilgan.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. 

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz”, deyiladi boshqarma xabarida.

Eslatib o‘tamiz, 4 aprel kuni soat 11:00 larda Toshkent shahrining Yashnobod tumani Maxtumquli ko‘chasida 15 ta avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgandi. 6 aprel kuni soat 15:20 larda Shayxontohur tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida Spark avtomashinasi ag‘darilib ketdi


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made