Toshkentda 3-sinf qizlarga shilqimlik qilgan o‘qituvchi qamaldi
3-sahifa
−
22 noyabr
6854Toshkent shahrida 3-sinfda o‘qiydigan qizlarga shilqimlik qilgan o‘qituvchi qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 15 noyabr kuni soat 15:30 hamda 16:00 oralig‘ida Toshkent shahridagi xususiy o‘quv markazlaridan biriga o‘quvchilar robototexnikadan tahsil olish uchun borgan. Bu fandan ta’lim berayotgan o‘qituvchi dars jarayoniga kelgan 3-sinf qizlarining qo‘l-oyoqlarini va badanini ushlab, shahvoniy harakatlar sodir etgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi tomonidan o‘qituvchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1- moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Sud majlisida huquqbuzar qilmishidan afsusda ekanini, mazkur holat tasodifan yuz berganini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan erkak 3 sutkaga qamalgandi.