Toshkentda 3 mashina to‘qnashdi, ikki kishi o‘ldi
3-sahifa
−
11 mart 2023 9731 1 daqiqa
Bugun, 11 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanida uchta mashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa soat 13:00 da Ahmad Donish ko‘chasidagi Taxtapul ko‘prigi ustida sodir bo‘lgan. Changan avtomashinasini boshqarib ketayotgan haydovchi (2002 yilda tug‘ilgan) yo‘l chetida to‘xtab turgan Matiz bilan to‘qnashib ketgan. Shundan so‘ng u mashina boshqaruvini yo‘qotib, bir yo‘nalishda harakatlanayotgan Cobalt'ga urilgan.

YTH oqibatida Matiz avtomashinasi yo‘lovchilari – 1984 yilda tug‘ilgan T.A. hamda 2002 yilda tug‘ilgan A.G‘. olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahri IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Live
Barchasi