Toshkentda 3 qavatga ruxsat olib, 12 qavatli bino qurgan tadbirkor aniqlandi

Jamiyat

image

Toshkentda 3 qavat qurilishi rejalashtirilgan binoda noqonuniy tartibda qo‘shimcha 9 qavat va mansarda qurgan tadbirkor aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, Toshkent shahar Uchtepa tumani 23-mavze hududida buyurtmachi "M.G.H." MCHJ tomonidan qurilayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish majmuasida qurilish-montaj ishlarini boshlash to‘g‘risida 2021 yilda nazorat inspeksiyasiga xabarnoma yuborilgan. Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining tegishli xulosasi bilan bino eskiz loyihasi 3 qavatga kelishilgan.

2021 yilda esa ushbu ob’ektda loyihadan chetga chiqqan holda qo‘shimcha qavatlar qurilishi aniqlangan. Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan bir necha marta yozma ko‘rsatma hamda ogohlantirish xatlari berilishiga qaramasdan qurilish ishlarini davom ettirgan.

Hozirda tadbirkor Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 99-moddasi (shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) tegishli bandlari asosida javobgarlikka tortilgan hamda ushbu ob’ekt yuzasidan Sud organlariga da’vo arizalari kiritilgan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing