Toshkentda 3 balli zilzila bo‘ldi
Jamiyat
−
12 mart
5919Toshkent shahri va viloyatida bugun, 12 mart kuni soat 06:16 da 3 balli zilzila bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Zilzila epitsentri Toshkent viloyati, Toshkent tumanida joylashgan. Zilzila koordinatalari: 41,43 gradus shimoliy kenglik; 69,16 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,6. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 19 km shimoliy-g‘arbda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
-
Toshkent tumanida 3 ball, 6 km.
-
Olmazor tumanida 3 ball, 10 km.
-
Shayxontohur tumanida 2-3 ball, 15 km.
-
Uchtepa tumanida 2-3 ball, 16 km.
-
Chilonzor tumanida 2-3 ball, 17 km.
-
Mirzo Ulug‘bek tumanida 2-3 ball, 18 km.
-
Yakkasaroy tumanida 2-3 ball, 18 km.
-
Mirobod tumanida 2 ball, 19 km.
-
Toshkent shahrida 2 ball, 19 km.
-
Zangiota tumanida 2 ball, 20 km.
-
Yashnobod tumanida 2 ball, 22 km.
-
Sergeli tumanida 2 ball, 23 km.
-
Bektemir tumanida 2 ball, 26 km.
-
Yangi Hayot tumanida 2 ball, 27 km.
-
Qibray tumanida 2 ball, 27 km.
LiveBarchasi
Trenddagilar

