Toshkentda 29 yoshli Spark haydovchisi dahshatli YTH oqibatida vafot etdi
3-sahifa
−
05 noyabr 2020
22624Toshkentda katta tezlikda harakatlangan Spark avtohalokatga uchradi. Oqibatda bir kishi hayotdan bevaqt ko‘z yumdi. Bu haqida IIV YHXBB Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 5 noyabr kuni soat 03:30 larda, Toshkent shahar Olmazor tumani, Keles yo‘li ko‘chasi bo‘ylab harakatlanayotgan 1991 yilda tug‘ilgan haydovchi Q.T. Spark avtomobili tezligini oshirishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan. Oqibatda, haydovchisi Q.T. og‘ir tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan. Shuningdek, ushbu avtomobil yo‘lovchisi 34 yoshli K.Q. og‘ir tan jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan.
“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Dinara Yusupova
LiveBarchasi