Toshkentda 27 yashar yigit elektrosamokatdan yiqilib vafot etdi
3-sahifa
−
13 iyul 2022
12376Toshkentda 27 yashar fuqaro elektrosamokat boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida ariqqa yiqilib vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishi, hodisa joriy yilning 5 iyul kuni soat taxminan 01:55 larda, Shayxontohur tumani, Qoratosh ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1995 yilda tug‘ilgan fuqaro S.V. elektrosamokatda harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘ldan chiqib, ariqqa tushib ketgan.
Hodisa oqibatida elektrosamokat haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib, shifoxonaga yotqizilgan. Biroq tibbiyot xodimlari tomonidan ko‘rsatilgan muolajalariga qaramay, u 11 iyul kuni vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi