Toshkentda 21 yoshli yigit sevgan qizini haqoratlagan 20 yashar tanishini pichoqladi
3-sahifa
−
19 fevral 2022
7341Toshkent shahri Yashnobod tumanida 21 yoshli yigit sevgan qizi to‘g‘risida yomon gaplar aytgan 20 yoshli tanishini pichoqlab qo‘ydi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov Departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 10 fevral kuni soat 00:30 larda Yashnobod tumanida sodir bo‘lgan.
Gap shundaki, Ohangrabo ko‘chasida yashovchi 21 yoshli B.I. tanishi Izzat ko‘chasida yashovchi 20 yoshli B.R.ning uyiga mehmonga kelib, birgalashib spirtli ichimliklar iste’mol qilgan. Shundan so‘ng, ularning o‘rtalarida kelib chiqqan janjal oqibatida B.I. B.R.ning tanasini turli joylariga pichoq bilan tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilishicha, ikki yigitning o‘zaro janjaliga jabrlanuvchi B.R.ning B.I.ning sevgan qizi haqida yomon gaplar aytganligi sabab bo‘lgan.
Olgan tan jarohatlari oqibatda R.B. 4-son shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Yashnobod tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan B.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi “l” bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va B.I. gumon qilinuvchi tariqasida jinoyat ishiga ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlangan.
Ta’kidlanishicha, hozirda tergov davom etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, bu turdagi jinoyatlar uchun Jinoyat kodeksining normalariga ko‘ra, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.
LiveBarchasi