Toshkentda 21 yashar yigit Matiz'da ona-bolani urib yubordi 

3-sahifa

image

Toshkentda yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan Matiz rusumli avtomobil ona va bolani urib ketdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, joriy yilning 30 iyul kuni taxminan soat 15:30 da 2001 yilda tug‘ilgan haydovchi A.Sh. o‘z boshqaruvidagi Matiz'da Olmazor tumani Farobiy ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotganda yo‘lning qarama-qarshi qismiga chiqib ketgan. Natijada 14-sonli oilaviy poliklinika qarshisida yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, 1988 yilda tug‘ilgan T.N. va 2017 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan X.M.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda T.N. va X.M. Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi shifoxonasiga yotqizilgan, biroq shifokorlar urinishlariga qaramay, voyaga yetmagan X.M. shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchi A.Sh.ga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi tanlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

214

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing