Toshkentda 200 dan ortiq odamda koronavirus aniqlandi
Jamiyat
−
19 avgust 2020
6416Bugun, 19 avgust soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni yana 208 nafarga oshdi va jami kasallanganlar soni 36 968 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining:
• 204 nafari Toshkent shahrida;
• 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga bugun, Andijon tumanida yashagan, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida davolangan 48 yoshli M.X. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 83 yoshli L.B. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
Ayni paytga qadar O‘zbekistonda ushbu infeksiyadan 334 nafar bemor sog‘aydi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 88 foizga yetdi.
Hozirda mamlakatning 14 hududidagi davolash muassasalarida 4 164 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi