Toshkentda 2 yashar bola Captiva urib yuborib, vafot etdi
3-sahifa
−
15 fevral 2023
8975Toshkent shahrida Captiva haydovchisi orqaga harakatlanayotib, 2 yoshli bolani urib yubordi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 14 fevral kuni taxminan soat 16:00 larda Shayxontohur tumanining “Beltepa” mahallasidagi yo‘lda haydovchi Captiva avtomashinasida orqaga harakatlanayotib, voyaga yetmagan 2021 yilda tug‘ilgan 2 yoshli bolakayni urib yuborgan.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida bola olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (“Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
“Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi