Toshkentda 2 yoshli bola hojatxonaga tushib ketdi
Jamiyat
−
14 may
8088Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2 yoshli bola hovlisidagi hojatxonaga tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati ma’lumot berdi.
Kecha, 13 may kuni soat 16:58 da Zangiota tumani “Harakat” mahallasida joylashgan uylarning birida 2 yoshli bola ehtiyotsizlik va nazoratdan chetda qolgani sababli hovlidagi hojatxonaga tushib ketgani to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga qutqaruvchilar yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida taxminan 5 metrlik hojatxona chuqurligidan bolani sog‘-salomat olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.
“Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni nazoratsiz qoldirmang”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 3 may kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida daraxt ag‘darilishi oqibatida 1 yoshli qiz vafot etgandi.
LiveBarchasi