Toshkentda 2 ta BYD va 2 ta Malibu to‘qnashib ketdi

3-sahifa

image

Kecha, 29 aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida 2 ta BYD va 2 ta Malibu rusumli mashinalar to‘qnashib ketdi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 10:35 da Olmazor tumani Nurafshon ko‘chasida 4 ta avtomashina, 2 ta BYD va 2 ta Malibu rusumli avtomashinalarning to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Bildirilishicha, YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.

“Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 aprel kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Cobalt va LI XIANG avtomashinalari o‘rtasida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan edi. Yo‘l-transport hodisasi oqibatida Cobalt avtomashinasining 2 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Malibu BYD

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing