Toshkentda 19 yoshli “prava”siz haydovchi piyodaning umriga zomin bo‘ldi
3-sahifa
−
12 aprel
6782Bugun, 12 aprel kuni Toshkent shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida piyoda vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Hodisa soat 12:30 larda Yunusobod tumani Yunusota ko‘chasi 14a-uy qarshisida ro‘y bergan. Haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan 2005 yilda tug‘ilgan K.Sh Nexia 3 rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, piyoda 1975 yilda tug‘ilgan A.R.ni urib yuborgan. Piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 11 aprel kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumanida Bestune, Cobalt va Damas rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan, 3 nafar haydovchiga tez tibbiy yordam xodimlari tomonidan birinchi yordam ko‘rsatilib, shifoxonaga olib ketilgandi.
LiveBarchasi