Toshkentda 19 yoshli qiz yurib ketayotgan Nexia’dan o‘zini tashladi (video)
3-sahifa
−
08 iyul 37030 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda qiz harakatdagi avtomashina eshigini ochib sakragani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, kecha, 7 iyul kuni taxminan soat 11:00 larda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Mustaqillik ko‘chasida 2001 yilda tug‘ilgan X.A. Nexia rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, oldindan tanishi bo‘lgan 2006 yilda tug‘ilgan B.J. bilan o‘zaro kelishmovchilik oqibatida tortishib qolgan. So‘ng fuqaro B.J. harakatlanib ketayotgan avtomashina eshigini ochib, yo‘lning qatnov qismiga sakragan. Shu hududda xizmat olib borayotgan tuman IIO FMB xodimlari zudlik bilan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatib, shifoxonaga olib borgan. Birlamchi tibbiy ma’lumotga ko‘ra, fuqaroga “peshona va chap yonoq sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi hamda teri osti gematomasi” tashxisi qo‘yilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Bildirilishicha, ayrim ijtimoiy tarmoq faollari ushbu holatda qiz go‘yoki o‘g‘irlab ketilayotgani haqida xabar tarqatgan. Mazkur ma’lumot haqiqatdan yiroq bo‘lib, fuqarolardan tasdiqlanmagan va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmaslik so‘ralgan.
Live
Barchasi