Toshkentda 19-Xalqaro Oziq-ovqat sanoati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda
Jamiyat
−
04 aprel 2019
4200Kecha, 3 aprel kuni poytaxt Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” ko‘rgazmalar pavilonida “Oziq-ovqat sanoati-UzFood 2019” 19-Xalqaro ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi. Iteca Exhibitions kompaniyasi kompaniyasi tomonidan o‘tkazilayotgan ko‘rgazma, 3 apreldan 5 aprelga qadar davom etadi.
Bugungi kunda oziq-ovqat sanoati Respublika iqtisodiyotining ustuvor va jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biri hisoblanadi.
• Oziq-ovqat sohasiga, jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarni ishlab chiqarish va qayta ishlashning eng yangi texnologiyalari;
• Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;
• Tayyor mahsulotni havfsiz va sifatli saqlash va qadoqlash;
• Tarmoqning eksport salohiyatini yanada rivojlantirishga hukumat tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda.
Ko‘rgazmaning ochilish marosimi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev ishtirok etib, nutq so‘zladi.
Ko‘rgazma “O‘zekspomarkaz”ning uch asosiy pavilonida bo‘lib o‘tmoqda. Unda Avstriya, Belarus, Bolgariya, Germaniya, Gretsiya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Qozog‘iston, Xitoy, Malayziya, Latviya, Niderlandiya, BAA, Koreya Respublikasi, Rossiya, Serbiya, Slovakiya, AQSH, Polsha, Turkiya, O‘zbekiston, Ukraina, Fransiya va Shri-Lanka kabi 25 mamlakatning 200 dan ortiq eksponenti ishtirok etmoqda. Xususan, Turkiya-45, Xitoy -44, O‘zbekiston- 29, Rossiya-24, Belarus – 15 ta kompaniyalari bilan qatnashchilar soni bo‘yicha eng yaxshi davlatlar beshligiga kirgan.
Ishtirokchilar qayta ishlash, qovurish, quritish, qadoqlash va boshqa shu kabilarni o‘zida jamlagan ishlab chiqarish tizmalari va uskunalaridan tortib to qandolatchilik mahsulotlari, sut va go‘sht mahsulotlari, sneklar va baqqolchilik, choy va qahva, qo‘shimchalar va ziravorlar kabi tayyor oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarning keng turlaridan iborat bo‘lgan oziq-ovqat tarmog‘ining barcha bo‘g‘imlari bo‘yicha o‘z mahsulotlarini taqdim etmoqdalar.
Murod-Kurshun, “IAS group” kompaniyasi vitse-prezidenti:
— O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi doimiy ravishda dunyo e’tibor markazida bo‘lib kelgan. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun tadbirkorlarga mahsulotlarni shunchaki chet elga sotib yuborib, quritilgan yoki qayta ishlangan meva-sabzavotga ehtiyoj tug‘ilganda ikki baravar qimmat narxga sotib olish o‘rniga, o‘sha mahsulotni O‘zbekistonda ishlab chiqarishni taklif qilyapti. Bu juda to‘g‘ri qaror. Qolaversa, mamlakatda ishlab chiqarish ortadi, ichki kuchi paydo bo‘ladi. O‘z-o‘zidan davlat rivojlanadi.
Biz O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan mazkur ko‘rgazmada "Bigtem" va "Urschel" kompaniyalari texnologiyalari bilan har yili ishtirok etamiz. Bizning kompaniya qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash texnologiyalarini ishlab chiqaradi. Texnologiyalarimiz Yevropa, Osiyo, Amerikaning 60 dan ortiq davlatlarida sotiladi. Kompaniya o‘zining yarim asrlik tarixiga ega va allaqachon dunyo bozorida xaridorini topib bo‘lgan. Bir so‘z bilan aytganda sinovdan o‘tgan. O‘zbekistonda ham so‘nggi yillarda bizning mahsulotlarga talab katta bo‘lib boryapti. Bu esa mamlakatda tadbirkorlik muhitiga katta yo‘l ochib berilayotgani, ishlab chiqaruvchilarni davlat qo‘llab-quvvatlayotganidan dalolat.
Bugungacha mamlakatingizning ko‘plab viloyatlarida, xususan, Farg‘ona, Samarqand, Navoiy shaharlarida bizning kompaniya texnologiyalaridan foydalanib kelishmoqda.
Bugun, 4 aprel kuni, “Oziq-ovqat sanoati - UzFood 2019” 19-xalqaro ko‘rgazmasi doirasida oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchilarining xarid qiluvchilar bilan uchrashuvlarini o‘tkazish uchun O‘zbekistonda yagona bo‘lgan ixtisoslashtirilgan maydon – Riteyl-Markaz tashkil etiladi.
Tadbirda oziq-ovqat mahsulotlari bozorining yirik ishtirokchilari yirik savdo tarmoqlari va oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishga mas’ul bo‘lganlarqatnashadi. Tadbirni o‘tkazishdan maqsad- savdo tarmoqlari vakillarini oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarni yetkazib beruvchilar bilan uchrashish va muzokaralar o‘tkazish uchun amaliy maydonni taqdim etishdir.
Ko‘rgazma doirasida ilk marotaba Amerikaning go‘shtni eksport qilish bo‘yicha Federatsiyasining (USMEF) marmarsimon go‘sht tayyorlash va u bilan ishlash bo‘yicha mahorat darsi o‘tkaziladi. Mahorat darslari bugun, 4 aprel kunlari 12:00 va 16:00da o‘tkaziladi.
LiveBarchasi