Toshkentda 17 yoshli yigit YPX mashinasini ag‘darib yubordi

3-sahifa

image

Bugun, 12 sentyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida Spark va YPX mashinasi o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, tonggi soat 00:45 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida haydochilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan, 2008 yilda tug‘ilgan fuqaro davlat raqam belgilarisiz Spark avtomashinasini boshqarib kelayotgan bo‘lgan. U harakat davomida o‘z yo‘nalishini Cho‘pon ota ko‘chasiga o‘zgartirib, 3-qatordan 1-qatorga keskin burilgan va harakatni o‘ngga burganda,  o‘z yo‘nalishida 1-qatorda harakatlanib kelayotgan YPX xodimi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli xizmat avtomashinasi bilan to‘qnashib ketgan. 

Bildirilishicha, YTH oqibatida avtomashina haydovchilariga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Og‘ir tan jarohat olganlar yo‘q. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga tegishli patrul avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Spark YPX mashinasi Bunyodkor ko'chasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing