Toshkentda 17 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
13 yanvar 2023 10645 1 daqiqa
Kecha, 12 yanvar kuni Toshkent shahrida 17 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi soat 20:40 larda Yunusobod tumani "Yangi shahar" ko‘chasida bir qancha transport vositalari to‘qnashuvi oqibatida sodir bo‘lgan.

Jami 17 ta avtomashina o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan:
Nexia 3 – 2 ta;
Nexia 1 – 2 ta;
Mercedes-Benz – 1 ta;
Best tune T 33 – 1 ta;
Damas –1 ta;
Matiz – 5 ta;
Spark – 2 ta;
Kia K 5 – 1 ta;
Volkswagen – 1 ta;
Isuzu yuk mashinasi – 1 ta.
Yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1 nafar haydovchi va yo‘lovchi tan jarohati olgan. Hozirda shifokorlar nazoratida.
Holat yuzasidan shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025