Toshkentda 16 yoshli qiz o‘zini binoning 3-qavatidan tashladi
3-sahifa
−
24 aprel 2023
14365Toshkentda 16 yoshli qiz binoning 3-qavatidan o‘zini tashladi. Bu haqda "Millar" dasturida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, qiz uzoq viloyatdan kelgan bo‘lib, Toshkentda boshqa qizlar bilan ijarada yashab kelgan. Qiz ijara uyida kelib chiqqan janjal sabab o‘zini 3-qavatdan tashlagan.
"Bemor olib kelinganda uning umumiy ahvoli og‘ir bo‘lgan. Unga miya chayqalishi, qorinning yopiq jarohati va o‘ng boldir va tovon suyaklarining sinishi tashhisi qo‘yilgan", deydi qizni davolagan shifokor.
Qizning qayerda ishlashi yoki o‘qishi haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
16 yoshli qiz hozirda sun’iy nafas apparatiga ulab qo‘yilgan.
LiveBarchasi