Shavkat Mirziyoyev Tramp va uning rafiqasiga sog‘lik tilab maktub yo‘lladi

Jamiyat

image

Avvalroq, Amerika Qo‘shma Shtatlari Ppezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi - mamlakat birinchi xonimi Melaniya Tramp koronavirusga chalingani haqida xabar bergan edik. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidenti oilasiga maktub yo‘lladi.

"Siz va Melaniya Tramp Xonim Oliyalarining koronavirusga chalingani to‘g‘risidagi xabarni chuqur bezovtalik va katta xavotir bilan qabul qildim.

Sizlarni qisqa fursatlarda mazkur virusni muvaffaqiyatli yengib o‘tib, shifo topishingizga, farovon hayotingiz hamda mas’uliyatli davlatchilik faoliyatingizni davom ettirishingizga ishonchim komildir.

Hurmatli Prezident Janobi Oliylari, ushbu sinovli damlarda Sizga va Melaniya Tramp Xonim Oliyalariga hamda barcha oila a’zolaringizga mustahkam sihat-salomatlik, xotirjamlik va kuch-quvvat yor bo‘lishini tilab qolaman", deb yozadi Mirziyoyev o‘z maktubida.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev dunyo miqyosida koronavirusga chalingan ikkinchi davlat arbobiga maktub yo‘llamoqda. Bundan avval O‘zbekiston rahbari Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti - Elboshi Nursulton Nazarboyevga shu ma’nodagi maktubni yo‘llagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

405

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing