Toshkentda 15 yashar bola boshqargan “Kamaz” avtobus bilan to‘qnashdi
Jamiyat
−
20 mart 2020
9764Bugun, 20 mart kuni soat 16:30 lar atrofida Olmazor tumani “Toshkent o‘yinchoqlari” zavodi bekatida og‘ir yuk mashinasi va avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda "Toshshahartransxizmat" AJ xabar berdi.
Dastlabki xulosalarga ko‘ra 8-avtobus saroyi tasarrufidagi 109-yo‘nalishda qatnovchi, R.Mirtillayev boshqaruvidagi Isuzu rusumli avtobus bekatda harakatsiz holatda bo‘lgan.
2004 yilda tug‘ilgan (15 yosh) B.K boshqaruvidagi “Kamaz” rusumli transport vositasi haydovchining ehtiyotsizligi oqibatida yonlab o‘tayotgan vaqtda avtobusning chap yon qismiga urilgan.
Ushbu to‘qnashuv natijasida 2 kishi jarohatlangan va o‘z vaqtida shifoxonaga yetkazilgan. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi voqea joyida bayonnoma rasmiylashtirgan. Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
LiveBarchasi