Toshkentda 13 yashar bolani urib, mashinasiga “bosib” olib ketgan “uchastkoviy”ga jiddiy hayfsan berildi
Jamiyat
−
07 Oktabr 2020
9909Avvalroq, Toshkentning Chilonzor tumanida profilaktika inspektori uyiga ketayotgan bolani majburlab shaxsiy mashinasiga o‘tkazib, olib ketgani haqida xabar bergan edik. Inspektor bola qarshilik ko‘rsatgani va yordam so‘rab baqirgani uchun uni urgan va tepgani aytilgandi. Toshkent shahar IIBB holatga munosabat bildirib, xizmat tekshiruv boshlanganini ma’lum qilgandi.
Boshqarma o‘tkazilgan tekshiruv bo‘yicha xulosalarini e’lon qildi.
Xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra Chilonzor tumani IIO FMBning yetti nafar xodimlariga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi. IIO FMB boshlig‘ining huquqbuzarliklar profilaktikasi va tarbiyaviy ishlar bo‘yicha ikki nafar o‘rinbosarlari, hamda IIO FMB va 2-son IIB profilaktika xizmati rahbar xodimlari, jami uch nafar xodimlar qat’iy ogohlantirildilar. 19 sentyabr kunidan 20 sentyabrga o‘tar tunda navbatchilik qilgan navbatchilik qismining katta inspektorining hatti-harakatlari intizomiy kengashda ko‘rib chiqiladi.
Chilonzor tumani IIO FMB 2-son ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori katta leytenant Boltayev Diyorga jiddiy hayfsan e’lon qilindi.
"13 yoshli bolaning oilasidagi holatni, xususan, o‘smirning jiddiy kasalligini (kasallik tufayli sud-tibbiy ekspertiza xulosasi chiqarish imkoniyati yo‘q), onasi yolg‘iz tarbiya qilayotganini inobatga olgan holda Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari tomonidan xonadondagi santexnika jihozlarini ta’mirlashda amaliy yordam ko‘rsatildi. O‘smirning oilasiga keyinchalik ham yordam ko‘rsatib boriladi", deyiladi poytaxt IIBB xabarida.
LiveBarchasi