Toshkentda AQSH universiteti ochildi

Jamiyat

image

Toshkent shahrida Vebster universitetining ta’lim dasturlarini amalga oshirish markazi tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Markaz Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vebster universiteti tomonidan ta’sis etiladi.

Vebster universitetining Toshkent markazida 2019-2020 o‘quv yilidan o‘quv jarayonlari boshlanadi va bu yerda bakalavriatning asosiy 14 ta ta’lim yo‘nalishlari hamda 16 ta magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlanadi. 

Markazda o‘qitish kunduzgi ta’lim shaklida, to‘lov-kontrakt asosida, ingliz tilida, jumladan elektron ta’lim va masofaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llagan holda Vebster universiteti tomonidan tasdiqlangan o‘quv rejalar va dasturlar asosida amalga oshiriladi. 

Bitiruvchilarga O‘zbekiston Respublikasida oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Vebster universitetining diplomi beriladi.

Abituriyentlar qabuli hamda bitiruvchilar attestatsiyasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishgan holda Vebster universiteti tomonidan belgilangan talab, tartib va muddatlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Ma’lumot uchun, Vebster universitetiga 1915 yild AQSHning Missuri shtatida asos solingan. Universitetning xalqaro kampuslri  London, Leyde, Vena, Jeneva, Tailand va Shanxayda ochilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Vebster universiteti

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar