Toshkentda 12 yoshli qiz o‘ldirib ketildi

3-sahifa

image

Joriy yilning 31 yanvar kuni Toshkent shahar Yangihayot tumanida zo‘ravonlik va qotillik alomatlari bilan 12 yoshli qizning murdasi topildi. Bu haqda Bosh prokurotura Matbuot xizmati xabar berdi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2 qismi “v”, “z” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi 29 yoshli erkak jinoyat-prosessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlandi.

Ma’lumot uchun, gumonlanuvchi shaxs marhumaning xonadonida 2022 yilning yoz oylarida yollanma ishchi sifatida ta’mirlash ishlarini amalga oshirgan.

Shuningdek, prokuratura tomonidan mazkur ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga to‘sqinlik qilish holatlarini oldini olish maqsadida fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan ma’lumotlar hamda boshqa tafsilotlar oshkor etilmasligi ma’lum qilindi.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing