Toshkentda 12 yashar qizga ikki yildan buyon tegajog‘lik qilib kelingani aytilmoqda

3-sahifa

image

Toshkent shahrida musiqa o‘qituvchisi 12 yashar qizga ikki yil davomida tegajog‘lik qilib kelgani aytilmoqda. Bu haqda “Sukut saqlama” ("Nemolchi.uz") loyihasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha,1957 yilda tug‘ilgan musiqa o‘qituvchisi S.A. 12 yashar o‘quvchiga dars berish asnosida ikki yil davomida tegajog‘lik qilib kelgan, oqibatda esa nomusiga tegishiga sal qolgan. U qizning oilasi ishonchiga kirib, hatto, ularning uyiga ham borib turgan. Avvaliga qiz mashg‘ulotlarga ota-onasi bilan qatnagan. Lekin joriy yilning mart oyidan boshlab bir o‘zi qatnay boshlagan. Qizning oilasi o‘qituvchiga to‘liq ishongan, erkak esa bundan foydalangan.

“Birinchi marta qizim bir o‘zi kelganida u qizimizga dars berishdan bosh tortdi va u hayotda o‘rnini topa olmasligini aytdi", deydi qizning onasi. 

Xabarda aytilishicha, erkak musiqa qizning orzusi ekanini bila turib, uni qadrsizlantirgan. Qizga turli axloqsiz harakatlar qilgan. Bu haqda ota-onasiga aytadigan bo‘lsa, darslarni yaxshi o‘zlashtirmayotganidan ota-onasiga shikoyat qilishini bildirib, uni qo‘rqitgan. 

Jabrlanuvchining onasi aytgan gaplarga ko‘ra, erkak davomiy ravishda qizga nisbatan uyatsiz qiliqlar qilgan. Qizning telefonidan pornografik xarakterdagi sayt va komikslarni ochib, jinsiy yaqinlik taklif qilgan. Qizcha shokka tushgan va undan bunday qilmaslikni so‘ragan. Hatto, o‘z joniga qasd qilishni ham o‘ylagan. 

Joriy yilning 19 may kuni qizcha navbatdagi mashg‘ulotga kelgan. O‘qituvchi mast holatda bo‘lgan va kirishidanoq unga tegajog‘lik qilib, nomusiga tegmoqchi bo‘lgan. Qiz qochishga ulgurgan. Uyga kelgach, ota-onasi undagi o‘zgarishlarni payqab, nima bo‘lganini so‘ragan va bor haqiqatni bilib olgan.

Berilgan maslahatlarga ko‘ra, qizning onasi huquq-tartibot idoralariga murojaat qilib, Toshkent shahar prokuraturasiga ham ariza yozadi. Ular tegishli tekshiruvlardan o‘tgan, psixologlardan bir qancha xulosalar va tavsiyalar olishgan, tergovchi ularni so‘roq qilgan. Sud-tibbiy ekspertiza qizning qo‘llari va oyog‘ida “ko‘p qontalashlar” borligini tasdiqlagan.

Ma’lum qilinishicha, ayni vaqtda ayblanuvchi garov evaziga ozodlikda qolmoqda, ish esa Jinoyat kodeksining 129-moddasi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) 2-qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi rejalashtirilmoqda.

Holat bo‘yicha huquq-tartibot organlaridan rasmiy bayonot berilgani yo‘q. 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent tegajog'lik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing