Toshkentda 12 va 16 yoshli bolalar Nexia'ni “ugon” qildi

3-sahifa

image

Toshkentning Bektemir tumanida voyaga yetmagan bolalar Nexia-1 rusumli avtomobilni o‘g‘irladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 7 fevral kuni soat 06:43da Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB Navbatchilik qismiga murojaat kelib tushgan. Unda 65 yoshli fuqaro T.R. noma’lum shaxs Bektemir tumani Suvsoz dahasi “Rohat” MFY 47-uy oldidagi avtoturargohda o‘zining Nexia-1 rusumli avtomashinasini qarovsiz, eshiklari qulflanmagan va kaliti o‘t oldirgichda qoldirganligidan foydalanib, avtomashinani noma’lum tomonga olib qochib, hodisa joyidan yashiringanligi ma’lum qilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni voyaga yetmagan 12 yoshli Sh.R. va 16 yoshli F.D. sodir etgani aniqlanib, olib qochilgan avtomashina Bektemir tumani Ohangaron shox ko‘chasi Chirchiq daryosi ustidagi avtomashinalar o‘tish uchun mo‘ljallangan ko‘prik ustida turgani aniqlangan.

Holatga oydinlik kiritilganda, ko‘prik ustida avtomashinaning yoqilg‘isi tugab qolganligi ma’lum bo‘lgan. Ushbu holatni sezgan shovvozlar avtomashinani tashlab yashirinmoqchi bo‘lganda mazkur hududda xizmat vazifasini bajarib kelayotgan Patrul post xizmati xodimlari tomonidan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

168

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing